Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
238-SONLI MAKTABDA FUTBOL MAYDONI QURILIŞI JARAYONI ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA SUN’IY KÖL VA DAM OLIŞ MASKANI BARPO ETILMOQDA
янв.21
MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANIDA PIYODALAR YÖLAKLARI VA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANDA ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI OÇILDI
янв.21
MAHZUNA KÖÇASIDA SUV TÖPLANIŞI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
«SHOHSAROY» RESTORANI FAOLIYATI NATIJASIDA ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHI MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati tomonidan 4-mavze hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, aholini qiynayotgan ekologik va sanitariya masalalarini bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩Murojaatda Yunusobod tumani 4-mavze hududidagi 22 va 23-uylar yaqinida joylashgan «Shohsaroy» restorani faoliyati davomida mo‘ridan chiqarilayotgan tutun va boshqa gazsimon chiqindilar atrof-muhit havosiga tarqalayotgani, buning oqibatida yaqin hududda istiqomat qiluvchi aholining noroziligi va e’tirozlari yuzaga kelayotgani qayd etilgan.

🔎Murojaatni o‘rganish davomida mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga bir necha marotaba murojaat qilinganiga qaramay, muammoning to‘liq o‘rganilmagani va uni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar ko‘rilmagani alohida qayd etildi.

🏠Mazkur holat aholining qulay va xavfsiz atrof-muhitda yashash huquqini ta’minlash, hududdagi ekologik va sanitariya holatini yaxshilash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

📝“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan, deputat o‘z vakolatlari doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga deputatlik so‘rovi yuborish huquqiga ega.

Shu munosabat bilan tegishli mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilib, quyidagilar so‘raldi:

🔺 «Shohsaroy» restorani faoliyati natijasida atmosfera havosiga chiqarilayotgan tutun va gazsimon chiqindilar holatini joyiga chiqib o‘rganish;

🔺 restoran mo‘risi va ventilyatsiya tizimlaridan chiqarilayotgan chiqindilarning tarkibi hamda belgilangan me’yorlarga muvofiqligini tekshirish;

🔺 zarur hollarda atmosfera havosidan laboratoriya tahlillari uchun namunalar olish va natijalarini rasmiylashtirish;

🔺 aniqlangan qonunbuzilish yoki sanitariya-ekologik talablarning buzilishi holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rish;

🔺 aholi manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash;

🔺 ko‘rilgan choralar, o‘tkazilgan tekshiruv natijalari va aniqlangan holatlar yuzasidan deputatga yozma axborot taqdim etish.

📌 Qonunning 8-moddasiga muvofiq, deputat so‘roviga javob so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay deputatga yuborilishi lozim.

🔺 Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.