Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
238-SONLI MAKTABDA FUTBOL MAYDONI QURILIŞI JARAYONI ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA SUN’IY KÖL VA DAM OLIŞ MASKANI BARPO ETILMOQDA
янв.21
MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANIDA PIYODALAR YÖLAKLARI VA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANDA ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI OÇILDI
янв.21
MAHZUNA KÖÇASIDA SUV TÖPLANIŞI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
Umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Novobod” mahallasida joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida maktabda jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish, o‘quvchilarning sport mashg‘ulotlarida faol ishtirokini ta’minlash, mavjud sport anjomlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda yoshlarning jismoniy faolligini oshirish borasidagi sharoitlarga e’tibor qaratildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, maktabda sport mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun zarur sport anjomlari yetarli bo‘lib, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar yaxshi deb baholandi.

🔵Ta’kidlash joizki, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yosh avlodning sog‘lom voyaga yetishi, jismoniy chiniqishi, irodasi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, mavjud sport infratuzilmasidan samarali foydalanish, o‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirib borish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

🔵O‘rganish yakunida maktabda yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish, sport anjomlarini asrab-avaylash, ulardan samarali foydalanish, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini mazmunli tashkil etish va o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4