Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
238-SONLI MAKTABDA FUTBOL MAYDONI QURILIŞI JARAYONI ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA SUN’IY KÖL VA DAM OLIŞ MASKANI BARPO ETILMOQDA
янв.21
MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANIDA PIYODALAR YÖLAKLARI VA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANDA ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI OÇILDI
янв.21
MAHZUNA KÖÇASIDA SUV TÖPLANIŞI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
TASHABBUSLI BUDJET: III CHORAK YAKUNLARI KO‘RIB CHIQILDI

TASHABBUSLI BUDJET: III CHORAK YAKUNLARI KO‘RIB CHIQILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 19-oktabrdagi VII-35-129-7-101-K/26-son qarori bilan 2026-yil III chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti ko‘rib chiqildi.
📌 Sessiyada tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U. Maxmanazarovning hisoboti qoniqarli deb topilib, ma’lumot uchun qabul qilindi.
💸
2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra:
🛣 33 ta ichki yo‘l loyihasi doirasida jami 78,5 km yo‘lni ta’mirlash uchun 52 mlrd 364 mln so‘m mablag‘ sarflangani qayd etilgan.
🎓 10 ta ijtimoiy infratuzilma loyihasi doirasida 5 ta umumta’lim maktabi, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta sport maktabi, 1 ta sog‘liqni saqlash muassasasi, 1 ta kasb-hunar maktabi hamda elektr ta’minoti sohasidagi qurilish ishlari moliyalashtirilgan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha 15 mlrd 26 mln so‘m mablag‘ sarflangan.
📈 Hisobotda tashabbusli budjetlashtirish doirasida shakllangan mablag‘lar, g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish, bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar va qolgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.
🤩 Qaror bilan iqtisod qilingan mablag‘larni belgilangan tartibda jamg‘armaga qaytarish, tashabbusli budjetlashtirish natijalarini har chorak yakunida “Ochiq budjet” portaliga joylashtirib borish hamda loyihalar ijrosi haqidagi ma’lumotlarni tumanning rasmiy veb-saytlarida yoritish vazifalari belgilandi.
🤝 Tashabbusli budjet fuqarolarning hududlarni rivojlantirishdagi ishtirokini kengaytirish, aholi tomonidan ilgari surilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va budjet mablag‘larining ochiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.