Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
238-SONLI MAKTABDA FUTBOL MAYDONI QURILIŞI JARAYONI ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA SUN’IY KÖL VA DAM OLIŞ MASKANI BARPO ETILMOQDA
янв.21
MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANIDA PIYODALAR YÖLAKLARI VA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANDA ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI OÇILDI
янв.21
MAHZUNA KÖÇASIDA SUV TÖPLANIŞI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
#deputatlik_nazorati #aholi_salomatligi #24_ta_yo‘nalish #2_band_ijrosi “Turon” mahallasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

Aholi salomatligi — ustuvor vazifa. Tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi esa sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligining muhim mezonidir.

Termiz shahrida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish holatini o‘rganish, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normurodova hamda shahar Kengashi deputati S.Xodjayev mahalla patronaj hamshirasi bilan birgalikda “Turon” mahallasida nazorat-tahlil ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida mahalla aholisiga tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi, patronaj xizmati faoliyati hamda fuqarolar salomatligini nazorat qilish borasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 2-bandi ijrosi doirasida tashkil etildi.

Nazorat-tahlil ishlarining asosiy maqsadi — aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda mavjud muammolarni aniqlash, ularning oldini olish va birlamchi tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat.

Deputatlik nazorati — aholi manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar salomatligini muhofaza etish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yo‘lidagi muhim mexanizmdir.