Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 TA TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA XONDOMIR MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Deputatlar tomonidan Ibrat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
BOG‘OBOD VA BOG‘ISTON MAHALLALARIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
BOG‘OBOD MAHALLASIDA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FOZILTEPA MAHALLASIDA YORITISH TIZIMI VA BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

“Kamolot” mahallasi infratuzilmasi va mavjud muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Kim Vutaliy Gennadevich tomonidan “Kamolot” mahallasida hudud infratuzilmasining holati, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llari, piyodalar yo‘laklari, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, hududning obodonlashtirilishi hamda boshqa infratuzilma obyektlarining holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Aniqlangan muammolarni tizimli ravishda hal etish, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishdan iborat.

Aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish — obod mahalla va farovon hayot garovidir!

Slide 1 of 3