Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
янв.21
603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #ekspert_guruhlari

DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi III-27-27-14-202-K/26-sonli qarori asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali 2026-yil birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar doirasida Diydor mahallasida joylashgan 604-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur loyiha uchun 1 320 000 000 so‘m mablag‘ ajratilgan.

🇺🇿 Loyiha doirasida tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya quvurlarini ta’mirlash, eskirgan eshik va deraza romlarini yangilash, shuningdek, hojatxonalar, kanalizatsiya tizimi va yerto‘ladagi quvurlarni ta’mirlash ishlari belgilangan. Ishlar yakunlangani yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilganligi munosabati bilan loyiha ijrosini o‘rganish va deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "17-Guliston" saylov okrugi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovna tomonidan mazkur muassasada o‘rganish o‘tkazildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov, ekspert guruhi a'zosi A.Giyasov ham ishtirok etdi.

📈 O‘rganishdan asosiy maqsad — ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, bajarilgan ishlarning loyiha talablariga muvofiqligi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni baholashdan iborat. Bunday o‘rganishlar jamoatchilik mablag‘laridan samarali foydalanish va ijtimoiy soha obyektlarida ta’mirlash ishlarining sifatini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7