Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
янв.21
603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
#qaror_ijrosi #nazorat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktyabrdagi 654-sonli qaroriga muvofiq, Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

🏥 Shaharning “Koinot” mahallasi hududida joylashgan 3-sonli oilaviy poliklinika binosida olib borilayotgan mukammal rekonstruksiya ishlari yakuniga yetdi. Mazkur obyektda qurilish-taʼmirlash jarayonlarining sifati, ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi hamda ishlar rejaga muvofiq bajarilishi shahar Kengashi deputatlari va masʼullar tomonidan muntazam nazorat qilib borildi.
🔍 Jumladan, dastlabki oʻrganish jarayonlarida Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova hamda hudud deputati Sayfiddin Subanov va boshqa deputatlar ishtirok etib, pudrat tashkilotlari oldiga ishlarni oʻz vaqtida va sifatli yakunlash boʻyicha aniq vazifalarni qoʻygan edilar.
✅ Bugun shahar Kengashining Ijtimoiy soha masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari qurilish ishlarining toʻliq yakunlanganligi munosabati bilan yana bir bor joyiga chiqqan holda yakuniy oʻrganish ishlarini olib bordilar.

Komissiya aʼzolari tomonidan:
Bajarilgan ishlarning sifat darajasi koʻzdan kechirildi;
Tibbiyot muassasasining aholiga xizmat koʻrsatishga qay darajada tayyorligi tahlil qilindi;
Xonalarning zamonaviy talablarga va tibbiy standartlarga mosligi tekshirildi.

🚀 Quvonarlisi, barcha talablarga toʻla javob beradigan mazkur poliklinika tez kunlarda aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish uchun foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Zamonaviy qiyofa kasb etgan ushbu maskan “Koinot” mahallasi va unga tutash hududlar aholisiga munosib sharoitlarda xizmat qiladi. Zero, el salomatligini muhofaza qilish va ularga qulayliklar yaratish – xalq vakillari hamda shahar mutasaddilarining bosh maqsadidir.

Slide 1 of 3