Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 TA TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA XONDOMIR MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Deputatlar tomonidan Ibrat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
BOG‘OBOD VA BOG‘ISTON MAHALLALARIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
BOG‘OBOD MAHALLASIDA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FOZILTEPA MAHALLASIDA YORITISH TIZIMI VA BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga ko‘rsatilgan ko‘maklar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan tumanning “Istiqlol” mahallasidagi “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasida saylangan deputat Y.Xolmurotov tomonidan o‘rganildi.

🔻Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim N.Nigmatullayeva va hokim yordamchisi Sh.Xakimovning ma’lumotlarga ko‘ra, mahalladan jami 77 ta oila “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan bo‘lib, shundan 24 tasi davlat ta’minotidagi oilalar, 39 tasi kambag‘al oilalar hamda 14 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi.

🔻Oilalarning ijtimoiy holati va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga belgilangan toifalar bo‘yicha ko‘maklar ko‘rsatilmoqda. Bunda aholining turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolarini aniqlash va ularni hal etish, shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔻Deputat tomonidan o‘rganish jarayonida ijtimoiy yordamning manzilliligi, ajratilayotgan ko‘maklarning oilalar ehtiyojlariga muvofiqligi hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi bilan hamkorlikda har bir oilaning holatini muntazam o‘rganib borish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 1