Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O. Yo‘ldashova o‘z saylov okrugidagi umumta’lim maktabida bo‘lib, jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi hamda sport maydonchalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
🔹 Darslar samaradorligi — jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tashkil etilishi va o‘quvchilarning sportga jalb qilinishi o‘rganildi.
🔹 Sport infratuzilmasi — sport maydonchalarining holati, mavjud jihozlar va ulardan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
🔹 Sog‘lom avlod tarbiyasi — o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sport muhitini yaratish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalalari ko‘rib chiqildi.