📅 2026-yil 16-oktabr
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashida
Joriy yilning 16-oktyabr kuni Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari ishtirokida ijtimoiy-sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi.
🔹 Tadbirda ishtirok etdilar:
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyat mudiri U.Quryazov;
viloyat Kengashi kotibiyati mutaxassislari.
📊 So‘rovnomaning maqsadi
So‘rovnoma orqali deputatlik faoliyati samaradorligini baholash, xalq vakillarining faoliyatiga doir fikr va takliflarni o‘rganish, shuningdek, Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilash ko‘zda tutildi.
🤝 Mazkur tadbir deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, xalq bilan muloqotni mustahkamlash hamda vakillik organlari faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.