Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
янв.21
603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaat va takliflarini tinglash, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka muntazam axborot berish — xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, tasdiqlangan reja-jadval asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugi deputati Alijonova Ra’noxon Solijanovna Yangi bog‘ mahallada joylashgan 1-IDUMda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda deputat 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar va deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda mahalla raisi, mahalla yettiligi a’zolari, ko‘cha boshilari, mahalla faollari, nuroniylar, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Deputat kotibiyat tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida shahar va saylov okrugi hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar, obodonlashtirish tadbirlari, yo‘l va infratuzilmani yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari asosida ko‘tarilgan masalalar, ularning yechimi yuzasidan olib borilgan ishlar hamda deputatlik nazorati natijalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, Usta Olim ko‘chasida suv tortish ishlari amalga oshirilgani, mazkur hududda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keyingi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarori asosidagi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan 2026-yil uchun ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash dasturiga muvofiq ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Shuningdek,shahar Kengashi qarori bilan Eshonguzar ko‘chasida yo‘l qayta ta’mirlanib, asfalt qoplamasi yotqizilgani ham uchrashuv davomida tilga olindi. Bu kabi ishlar hududdagi transport qatnovini yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish va mahalla infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqot davomida saylovchilar tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif hamda murojaatlar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalar tegishli soha mutasaddilari ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Yakunda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi. Ularni bosqichma-bosqich hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash hamda natijalarini nazorat qilib borish yuzasidan kelishib olindi.

Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishda muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 9