Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
янв.21
603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
#24_ta_tavsiya #nazorat_deputatlik faoliyati #kunlik reja

Shahardagi "Zarbuloq" mahallasida joylashgan, hududning oziq-ovqat sanoatida oʻz oʻrniga ega boʻlgan "Mirzaahmedov Biznes Plus" MChJ ish faoliyati va investitsion salohiyati kunlik reja asosida atroflicha oʻrganildi.

Ushbu oʻrganish tadbirida Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shermuhammad Begiyev hamda mahalla hokim yordamchisi ishtirok etdilar.

Invistitsiya korxonasi asosan  sabzavotlarni konservalash, qayta ishlash hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Oʻrganish davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
2017-yildan buyon barqaror rivojlanib kelayotgan ushbu korxona bugungi kunda nafaqat mahalliy bozorni sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlamoqda, balki eksport faoliyatini ham muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
Shahar hokimligi va mahalla hokim yordamchisi tomonidan korxonaning eksport hajmini yanada oshirish, ishlab chiqarishga zamonaviy tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

"Mirzaahmedov Biznes Plus" MChJ kabi eksportmabop korxonalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hudud iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim drayver boʻlib xizmat qiladi.

Slide 1 of 5