Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 TA TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA XONDOMIR MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Deputatlar tomonidan Ibrat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
BOG‘OBOD VA BOG‘ISTON MAHALLALARIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
BOG‘OBOD MAHALLASIDA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FOZILTEPA MAHALLASIDA YORITISH TIZIMI VA BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
CHILONZOR TUMANIDAGI “BEKTO‘PI” MAHALLASIDA NASOS STANSIYASINI MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️ CHILONZOR TUMANIDAGI “BEKTO‘PI” MAHALLASIDA NASOS STANSIYASINI MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Muminov Obidjon Odilovich boshchiligida, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda kommunal ta’minot va 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom ettirildi.

🔺 O‘rganishlarning navbatdagi manzili Chilonzor tumani “Bekto‘pi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida modernizatsiya qilinayotgan nasos stansiyasi bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari obyekt faoliyati hamda amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

♨️Jarayonda nasos stansiyasining texnik holati, uskunalarni yangilash, issiqlik ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚙️ Shuningdek, modernizatsiya ishlari doirasida mavjud uskunalarning samaradorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish, texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda issiqlik energiyasini iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

💡 Energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish, nasos uskunalarining samarali ishlashi, elektr energiyasi sarfini maqbullashtirish hamda modernizatsiya tadbirlarining kommunal xizmatlar sifatiga ta’siri bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

🗣 “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK direktori S. Karimova mas’ulligida nasos stansiyasida olib borilayotgan ishlar, obyektning mavsumga tayyorgarligi, texnik xavfsizlik talablari hamda mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📋 O‘rganish davomida issiqlik ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aholi va ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatish barqarorligini ta’minlash hamda avariya holatlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

♻️ Mazkur o‘rganishlar kommunal infratuzilmaning ishonchliligini oshirish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va energiya resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan.

➡️ Poytaxtda kommunal ta’minot obyektlarining texnik holati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10