Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
BOG‘OBOD MAHALLASIDA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FOZILTEPA MAHALLASIDA YORITISH TIZIMI VA BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
янв.21
603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI

 “NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI

📍 Olmazor tumani “Nihol” mahallasi yoshlar yetakchisi F.Mirqurbonov tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 9-«G‘alaba» saylov okrugi deputati Sh.Umarxodjayevaga hisobot taqdim etildi.

📊 Asosiy statistik ko‘rsatkichlar:

🔹 1 286 nafar yosh yil boshidan o‘tkazilgan xatlov jarayonida aniqlanib, ular bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi.

🔹 3 nafar yoshning bandligi ta’minlandi. Yoshlarni ish bilan ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

🔹 36 nafar bitiruvchi o‘rganilib, ular orasidan 3 nafar ishsiz yosh aniqlandi. Hozirda ularni ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

🔹 3 nafar og‘ir toifadagi yosh otaliqqa olingan. Ular bilan har oy muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib, oilaviy sharoiti va mavjud muammolari o‘rganib borilmoqda.

🔹 6 nafar mehnat migratsiyasidagi yosh bilan Telegram messenjeri orqali har oy muloqot qilinib, ularning holidan xabar olinmoqda.

🏆 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish:
Mahallada yoshlarni “Besh tashabbus” doirasidagi tanlov va musobaqalarga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar tuman va shahar miqyosidagi bellashuvlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

✅ Ustuvor vazifalar — yoshlar bandligini ta’minlash, ishsiz bitiruvchilarni ishga joylashtirish, og‘ir toifadagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, migratsiyadagi yoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan iborat.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 5