Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
янв.21
603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

Hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va aholi uchun xavfsiz yashash muhitini yaratish qurilish-ta’mirlash ishlarida qonuniylik va sifat talablariga qat’iy rioya etishni taqozo etadi. Ayniqsa, renovatsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida binolarning zilzilabardoshligi va aholi xavfsizligini ta’minlash masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayevga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 13-sentabrdagi O‘RQ–713-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida deputat Zuhro mahallasida renovatsiya dasturi asosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bunda qurilish jarayonining borishi, ishlarning sifati, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur Qonunning 1-moddasida aholining va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uning asosiy maqsadi etib belgilangan. Qonunning 4-moddasida esa seysmik xavfsizligi ta’minlanishi lozim bo‘lgan obyektlar qatoriga jamoat va turar joy binolari, muhandislik hamda transport kommunikatsiyalari, gaz, suv, issiqlik va elektr ta’minoti tarmoqlari ham kiritilgan.

Shuningdek, Qonunning 6-moddasida foydalanilayotgan va foydalanishga topshiriladigan bino hamda inshootlarning zilzilabardoshligi monitoringi va nazoratini amalga oshirish seysmik xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Shu nuqtayi nazardan, renovatsiya ishlari olib borilayotgan hududlarda qurilish sifati, bino va inshootlarning xavfsizligi, belgilangan texnik talablar hamda aholi manfaatlariga rioya etilishi muhim ahamiyatga ega. Deputatlik nazorati jarayonida ushbu masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Zaruratga qarab, vakolatli mutaxassislar tomonidan tegishli texnik tekshiruvlar o‘tkazilishi va xulosalar olinishi lozim.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qonun talablarining amaliyotda bajarilishini o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash, mas’ul tashkilotlar e’tiborini ularning yechimiga qaratish hamda fuqarolarning xavfsiz yashash huquqini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

Zuhro mahallasida renovatsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi masalalari deputatlik nazorati doirasida izchil o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 4