Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
янв.21
603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, JORIY YIL UCHINCHI CHORAGIDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 25-OROLBO‘YI saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi hamda 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mahalla raisi, mahalla yettiligi a’zolari, ko‘cha boshilari, mahalla faollari, nuroniylar, hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida deputat kotibiyat tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlarga tayangan holda shahar, xususan 25-Orol bo‘yi saylov okrugi hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarori asosidagi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan 2026-yil uchun ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash dasturiga muvofiq Orolbo‘yi mahallasidagi Saroy ko‘chasining asfaltlashtirilishi boshlangani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, hududda kommunal infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan 2026-yilning uchinchi choragida saylov okrugida olib borilgan deputatlik faoliyati, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash, aholi bilan muntazam muloqot o‘rnatish hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish belgilab olindi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, deputat va saylovchilar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududni kompleks rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.


 

Slide 1 of 4