Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
янв.21
603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
“DIYOR” MAHALLASI RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

“DIYOR” MAHALLASI RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev tomonidan “Diyor” mahallasida mahalla raisining faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar muammolarini aniqlash va hal etish, hududda obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish hamda mahalla hayotiga oid masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida hududdagi mavjud masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2018-yil 12-apreldagi O‘RQ-474-sonli “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, mahalla faoliyatining samaradorligi va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganishdan maqsad — mahalla raisi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan muloqotni mustahkamlash va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 7