Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
янв.21
603-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘RIKZOR MAHALLASIDAGI 603-DMTT - QO‘SHIMCHA O‘RINLAR YARATISH ISHLARI QACHON BOSHLANADI?
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
CHILONZOR SUV TAQSIMLASH INSHOOTIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI VA TARMOQLARNING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️CHILONZOR SUV TAQSIMLASH INSHOOTIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI VA TARMOQLARNING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda shahar deputatlari tomonidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Muminov Obidjon Odilovich boshchiligida, soha mutasaddilari bilan birgalikda kommunal ta’minot tizimlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan sessiyaoldi o‘rganishlar davom ettirildi.

💧 O‘rganishlarning navbatdagi manzili Chilonzor suv taqsimlash inshooti bo‘ldi. Deputatlar mazkur obyektning faoliyati, ichimlik suvini iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari hamda suv ta’minoti infratuzilmasining texnik holati bilan yaqindan tanishdi.

🔺 Jarayonda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, suv bosimini me’yorida saqlash, tarmoqlardagi avariya holatlarining oldini olish hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Shuningdek, suv taqsimlash tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish, ichimlik suvi sifatini nazorat qilish hamda iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash masalalari ko‘rib chiqildi.

🗣 “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ boshlig‘i S. Mamajonov mas’ulligida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, mavjud infratuzilmaning ishonchliligini oshirish hamda suv taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan masalalar muhokama qilindi.

📋 O‘rganishda suv ta’minoti obyektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash, elektr energiyasidan samarali foydalanish, texnik nosozliklarning oldini olish va favqulodda holatlarga tayyorgarlik masalalariga ham e’tibor qaratildi.

♻️ Aholining sifatli ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz qondirish, mavjud tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash o‘rganishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

➡️ Kommunal infratuzilma obyektlari faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10