Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 TA TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA XONDOMIR MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Deputatlar tomonidan Ibrat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
BOG‘OBOD VA BOG‘ISTON MAHALLALARIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
BOG‘OBOD MAHALLASIDA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FOZILTEPA MAHALLASIDA YORITISH TIZIMI VA BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DIYDOR MAHALLASIDAGI 604-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Elektr tarmoqlari korxonasining kuz-qish mavsumiga shayligi tahlil qilindi

Bandixon tumanida yoqilg‘i-energetika sohasini bo‘lajak kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va mavjud infratuzilmani soz holatga keltirish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev tuman Elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

Monitoring jarayonida elektr tarmoqlari va transformator punktlarini joriy hamda kapital ta’mirlash reja-topshiriqlarining amaldagi ijrosi, korxonada yaratilgan avariyaviy moddiy-texnik zaxiralar, tezkor avariya-tiklash brigadalarining mavsumga shaylik holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil etildi.

Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr energiyasi ta’minotidagi yuklamalarni me’yorlashtirish va qish mavsumini uzluksiz ta’minot bilan o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1