Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
238-SONLI MAKTABDA FUTBOL MAYDONI QURILIŞI JARAYONI ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA SUN’IY KÖL VA DAM OLIŞ MASKANI BARPO ETILMOQDA
янв.21
MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANIDA PIYODALAR YÖLAKLARI VA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANDA ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI OÇILDI
янв.21
MAHZUNA KÖÇASIDA SUV TÖPLANIŞI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va sayyor qabullar tashkil etilishi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni dastlabki muhokamadan o‘tkazish hamda tegishli sohalardagi ishlar holatini tahlil qilish maqsadida Kengash doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiyalar raislari, ekspert guruhi a’zolari, deputatlar, Kengash kotibiyati mas’ullari hamda tegishli soha va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Qo‘shma yig‘ilish davomida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimining samaradorligi, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, davlat organlari hamda tashkilotlarining fuqarolar oldidagi mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, 2026-yilning uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning tahlili, Termiz shahridagi korxona va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati, shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan sayyor qabullarni tashkil etish va o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalalar yuzasidan Termiz shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Z. Xasanovning axboroti tinglandi. Axborotda murojaatlar bilan ishlash jarayonlari, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Muhokamalar chog‘ida murojaatlarni shunchaki ro‘yxatga olish yoki ularga rasmiy javob berish bilan cheklanib qolmasdan, har bir masalaning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, qonuniy va asosli yechim topish, murojaatchilarga amaliy yordam ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, takroriy murojaatlarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, mas’ul tashkilotlar tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va natijadorligiga e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Sayyor qabullarni tashkil etish masalasida esa aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, murojaatlarni tegishliligi bo‘yicha mas’ul idoralarga yo‘naltirish va ularning ijrosini nazorat qilishning ahamiyati qayd etildi.

Deputatlar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish hamda fuqarolarning muammolarini hal etishda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Qo‘shma yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar navbatdagi sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini deputatlik nazorati asosida tahlil qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi bundan buyon ham aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va joylarda ko‘tarilayotgan muammolar yechimi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratadi.

Slide 1 of 2