Ekologik qonunchilik ijrosini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qarori ijrosini tumanda o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi.
📌 Ishchi guruh oldiga atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi va kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash hamda undirish holatini deputatlik nazorati tartibida o‘rganish vazifalari belgilandi.
🔎 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
♻️ Tumandagi atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar va chiqindilarni joylashtirish holati.
💸 Atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun hisoblangan va amalda undirilgan kompensatsiya to‘lovlari.
⚠️ Ekologik qonunbuzilishlar, noqonuniy chiqindi tashlash va oqova suvlarni ruxsat etilmagan joylarga oqizish holatlari.