Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik - ichimlik suvi tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
янв.21
193-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK DAFTARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM!
янв.21
DEGREZ MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
193-MAKTABDA ROBOTOTEXNIKA XONASINING JIHOZLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
QUVNOQ KO‘CHASIDAGI ASFALT MUAMMOSI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI, BANDLIK VA OILAVIY MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLAR FAOLLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLAR FAOLLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda bosh mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda hududlarda olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

📋 Yig‘ilish davomida Oliy Majlis Senati qarorlarining joylardagi ijrosini ta’minlash, Kengashlar tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini muntazam nazorat qilib borish, doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish hamda sessiyalarni belgilangan tartib va muddatlarda sifatli tashkil etish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilandi.

📂 Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini yanada jonlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔍 Shuningdek, deputatlar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda 162 ta muhim qonun asosida o‘rganishlarni tashkil etish, “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”dan samarali foydalanish, hududlarda aniqlangan muammolarni aniq dalillar asosida rasmiylashtirish va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔺 Yig‘ilishda deputatlik so‘rovlari samaradorligini oshirish, sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni oldindan joyiga chiqib o‘rganish, ijtimoiy obyektlar, kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi hamda mahallalardagi dolzarb masalalar yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

📊 Muhokamalarning yana bir muhim yo‘nalishi mahalliy Kengashlarning axborot ochiqligini ta’minlash va media faolligini oshirishga qaratildi. Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati, ilgari surayotgan tashabbuslari, deputatlik so‘rovlari natijalari hamda aholi manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka o‘z vaqtida va sifatli yetkazish zarurligi ta’kidlandi.

🎙 Shu bilan birga, deputatlarning televideniye va radio dasturlarida, internet nashrlarida faol ishtirok etishi, dolzarb mavzularda intervyular berishi, tahliliy va munosabat maqolalari bilan chiqishlari hamda mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

📉 Tuman Kengashlari kotibiyatlari tomonidan haftalik va kunlik ish rejalarining ijrosini ta’minlash, deputatlar faoliyatiga oid ma’lumotlarni tizimli umumlashtirish, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarni muntazam yangilab borish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalarini keng yoritish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🗣 Yig‘ilish yakunida Davronbek Ravshanbekov mahalliy Kengashlar faoliyatida mas’uliyat va ijro intizomini yanada kuchaytirish, kotibiyatlar tomonidan deputatlarga ko‘rsatilayotgan tashkiliy-uslubiy yordam sifatini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazorat qilib borish hamda har bir yo‘nalishda aniq natijadorlikka erishish muhimligini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6