🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich o‘z saylov okrugidagi Katqal’a mahallasining Uch Chinor ko‘chasida yashovchi, Kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro M.G.ning oilaviy sharoitini o‘rgandi.
🤝 O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdilar.
🏭 Mahalla hokim yordamchisi J. Sultonov tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, oilaning daromad manbaini shakllantirish va moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida unga imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan qoramol sotib olib berilgan.
✅ Mazkur ko‘mak oilaning daromadini oshirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan.