Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik - ichimlik suvi tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
янв.21
193-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK DAFTARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM!
янв.21
DEGREZ MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
193-MAKTABDA ROBOTOTEXNIKA XONASINING JIHOZLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
QUVNOQ KO‘CHASIDAGI ASFALT MUAMMOSI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI, BANDLIK VA OILAVIY MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
DEPUTATNING UCHINCHI CHORAKDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERILDI
янв.21
BEPUL DORI-DARMON TA’MINOTI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
SAN’AT FIDOYISIDAN XABAR OLINDI
Kotib

“Navnihol” mahallasida PQ-1 qarori ijrosi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Dilshid Soliyev “Navnihol” mahallasida PQ-1-son qarori ijrosi hamda hududda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganishda mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda muammoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallada xavfsiz muhitni shakllantirish, yoshlar va aholi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish, huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3