Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik - ichimlik suvi tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
янв.21
193-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK DAFTARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM!
янв.21
DEGREZ MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
193-MAKTABDA ROBOTOTEXNIKA XONASINING JIHOZLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
QUVNOQ KO‘CHASIDAGI ASFALT MUAMMOSI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI, BANDLIK VA OILAVIY MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘L VA PIYODALAR YO‘LAGINI TA’MIRLASH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘L VA PIYODALAR YO‘LAGINI TA’MIRLASH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyevning Mirobod tumani “Sharof Rashidov” mahallasidagi Chimkent ko‘chasi 2-uyga kirish yo‘li hamda piyodalar yo‘lagini ta’mirlash va kengaytirish yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi hamda Mirobod tumani hokimligi tomonidan rasmiy javoblar taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan “Sharof Rashidov” mahallasi aholisining murojaatlari asosida Chimkent ko‘chasi 2-uyga kirish qismidagi asfalt qoplamasini ta’mirlash, uy yonidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish hamda fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalasi ko‘tarilgan edi.

🔺 Mazkur javobda O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 20 va 21-moddalari asosida xonadon mulkdorlarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish, hududni obodonlashtirish va kirish yo‘laklarini ta’mirlash ishlarini mulkdorlar tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqligi bildirilgan.

🚧 Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mas’ul tashkilotlar xodimlari hamda “Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida Chimkent ko‘chasi 2-uy atrofidagi yo‘l va piyodalar yo‘lagining mavjud holati joyiga chiqib o‘rganilgan.

🛣 O‘rganish natijasida 2-uy oldidagi yo‘lakning asfalt qoplamasi deformatsiyaga uchragani, ayrim qismlarida chuqurliklar mavjudligi aniqlangan. Shu munosabat bilan mazkur yo‘lakka 2–3 santimetr qalinlikda asfalt qoplamasi yotqizish, shuningdek, uyning yon qismidan o‘tgan uzunligi 20 metr, eni 0,40 metr bo‘lgan piyodalar yo‘lagini ta’mirlash zarurligi belgilangan.

🚦 Bundan tashqari, Chimkent ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘koni oldida avtomobillarning to‘xtab turishi piyodalar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari uchun noqulayliklar yuzaga keltirishi mumkinligi inobatga olinib, ushbu hududga transport vositalarining to‘xtab turishini taqiqlovchi yo‘l belgisini o‘rnatish maqsadga muvofiq deb topilgan.

📋 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, mahalla hududidagi ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash ishlarini 2-uyga xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli boshqaruv servis kompaniyasi hamda Mirobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

📅 Shuningdek, Chimkent ko‘chasidagi oziq-ovqat do‘koni oldida avtomobillarning to‘xtab turishini taqiqlovchi yo‘l belgisini o‘rnatish ishlari “Ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasi tomonidan 2026-yil oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligi yakuniga qadar amalga oshirilishi yuzasidan topshiriq berilgan.

🤝 Shu tariqa, deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan masala mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilib, ichki yo‘l va piyodalar yo‘lagini ta’mirlash hamda transport harakatini tartibga solish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🗣 “Sharof Rashidov” mahallasida fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda belgilangan topshiriqlarning amalda bajarilishi deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1