Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik - ichimlik suvi tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
янв.21
193-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK DAFTARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM!
янв.21
DEGREZ MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
193-MAKTABDA ROBOTOTEXNIKA XONASINING JIHOZLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
QUVNOQ KO‘CHASIDAGI ASFALT MUAMMOSI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI, BANDLIK VA OILAVIY MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
10-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qonun hujjatlari ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan masalalarni tahlil qilish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish komissiya raisi X.Abdurahmonov, komissiya a’zosi G‘.Madumarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Marg‘ilon shahridagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-son “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur qonun voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bunday holatlarga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularni ijtimoiy-pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Shu nuqtayi nazardan, maktabda o‘quvchilarning davomati, ularning ta’lim jarayoniga muntazam jalb etilishi, nazoratsizlik va qarovsiz qolishining oldini olish borasidagi ishlar, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan individual profilaktik ishlarning tashkil etilishi hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emasligi, bu borada ta’lim muassasasi, ota-ona, mahalla va mas’ul tashkilotlarning hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Ayniqsa, qonunda belgilanganidek, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, nazoratsizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf etish profilaktik ishlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablarining amalda ta’minlanishi, mavjud kamchiliklarning oldini olish va voyaga yetmaganlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4