Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik - ichimlik suvi tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
янв.21
193-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK DAFTARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM!
янв.21
DEGREZ MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
193-MAKTABDA ROBOTOTEXNIKA XONASINING JIHOZLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
QUVNOQ KO‘CHASIDAGI ASFALT MUAMMOSI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI, BANDLIK VA OILAVIY MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Xamrakulov Doniyor Toxirovich tomonidan Bag‘dod tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i V.To‘ychiyevga 2026-yil 8-oktabr kuni 79-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

📊 Deputat so‘rovida Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borilgani qayd etildi.

✅ O‘rganishlar davomida Farovon ko‘chasida jami 90 ta xo‘jalik mavjud bo‘lib, mazkur xonadonlar hamda hududdagi tadbirkorlik subyektlari 160 kVA quvvatdagi transformator orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanib kelinayotgani aniqlandi.

⚡️ Shu bilan birga, mavjud transformator quvvati iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplamayotgani, ayniqsa, elektr energiyasiga talab oshadigan davrlarda elektr kuchlanishining pasayishi kuzatilayotgani qayd etildi.

✅ Mazkur holat fuqarolarning xonadonlarida maishiy elektr jihozlaridan foydalanishida, shuningdek, hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini barqaror tashkil etishda qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.

✅ Shu munosabat bilan, aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati uchun zarur elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida Farovon ko‘chasida qo‘shimcha transformator o‘rnatish zarurati mavjudligi bildirildi.

📌 Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, deputat so‘rovida Do‘stlik MFY hududidagi Farovon ko‘chasida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha transformator o‘rnatish masalasini o‘rganib, tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Slide 1 of 1