Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Sessiya muhokamasi
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR QAYD ETILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
38-maktabda qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat M.Azimov saylangan “Urg‘anjibog‘” saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida hududdagi 38-sonli umumta’lim maktabida “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida qurilayotgan qo‘shimcha o‘quv binosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur loyiha maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha ta’lim maydonlarini yaratish hamda ta’lim olish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

️O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi. Loyihani 2026-yil 26-dekabrga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

O‘rganishda pudrat tashkiloti mas’ullari, Qo‘qon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi sektor mudiri M.Qurbonov hamda Qurilish nazorati inspeksiyasi vakillari ishtirok etdilar.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qurilish ishlarining belgilangan loyiha talablari va muddatlariga muvofiq amalga oshirilishini kuzatish, shuningdek, maktabda o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim sharoitlarini yaratish jarayonini nazorat qilishdan iborat.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7