Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Sessiya muhokamasi
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR QAYD ETILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Deputatlik nazorati: "Limonzor" mahallasida uyma-uy o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 17-"Limonzor" saylov okrugi deputati S. Shaydilov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Qurbonov hamda mahalla raisi ishtirokida "Limonzor" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi uyma-uy o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur o‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ichki yo‘llar holati, obodonlashtirish ishlari hamda mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari yuzasidan aholi fikr va takliflari o‘rganildi.

Tashrif davomida Limonzor mahallasi Birodarshox ko‘chasida istiqomat qiluvchi Nemat hoji bobo xonadoni ham borib ko‘rildi. U yerda yo‘lga qo‘yilgan limonchilik faoliyati bilan yaqindan tanishilib, tomorqadan unumli foydalanish borasidagi tajribalar o‘rganildi.

Uyma-uy o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammo va takliflar deputatning murojaatlar jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida muntazam monitoring qilib borish hamda fuqarolarni rozi qiladigan amaliy yechimlarga erishish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini joyida o‘rganish hamda amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1