Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Sessiya muhokamasi
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR QAYD ETILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Navro‘z” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash hamda fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganib, ularning yechimini ta’minlash mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

Mazkur vazifalar doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy hodim faoliyatini tahlil qildilar.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojlarini aniqlash, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, fuqarolarning muammolarini o‘rganish hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan individual ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, zarur yordam va xizmatlarni belgilash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda manzillilik va individual yondashuvni kuchaytirish, fuqarolarning muammolarini faqat aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mahallada ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasidagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.