Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Sessiya muhokamasi
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR QAYD ETILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
TOSHKENT SHAHRIDAGI YIRIK BOZORLAR VA SAVDO MAJMUALARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#SAVOL_JAVOB #19_1_Modda_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi

❗️ TOSHKENT SHAHRIDAGI YIRIK BOZORLAR VA SAVDO MAJMUALARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Razikov Dilshod Baxtiyerevichga poytaxtdagi yirik bozorlar va savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tadbirkorlar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savol yo‘lladi.

🗣 SAVOL: Deputat Nigora Eshmetova Toshkent shahridagi yirik bozorlar va savdo majmualarida yong‘in xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlash tizimi qanday tashkil etilgani, obyektlarning yong‘inga qarshi himoya vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, o‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan qanday choralar ko‘rilayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Dilshod Razikovga savol yo‘lladi.

🔺 JAVOB: Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Dilshod Razikov mazkur masalalar yuzasidan ma’lumot berib, Toshkent shahridagi 35 ta yirik bozor va savdo majmuasida 35 ta tekshiruv hamda 5 ta nazorat tartibidagi tekshiruv o‘tkazilganini ma’lum qildi.

🔎 Tekshiruvlar davomida 2 673 ta yong‘in xavfsizligi talablariga zid kamchilik aniqlanib, ularning 1 770 tasi, ya’ni 66,2 foizi bartaraf etilgani qayd etildi.

⚖️ Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan 123 ta ta’sir chorasi qo‘llanilib, jami 207 million so‘m miqdorida jarima belgilangan. Bundan tashqari, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan 112 ta bino va inshootdan foydalanish vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum qilindi.

🏬 Jumladan, Chilonzor tumanidagi “Abu Sahiy” bozori, Bektemir tumanidagi “Qo‘yliq dehqon bozori” hamda “Chilonzor buyum savdo kompleksi” faoliyatida aniqlangan yong‘in xavfsizligi kamchiliklari yuzasidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizalari kiritilgani bildirildi.

📋 Sud tomonidan mazkur bozorlarda aniqlangan yong‘in xavfsizligi kamchiliklari va qonunbuzilishlar to‘liq bartaraf etilgunga qadar faoliyatni to‘xtatish to‘g‘risida hal qiluv qarorlari chiqarilgani qayd etildi.

💡 Bundan tashqari, yong‘in xavfsizligi qoidalarini targ‘ib qilish hamda tadbirkorlarning ushbu yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish maqsadida 569 ta yo‘riqnoma o‘tkazilib, ularda 10 740 nafar fuqaro ishtirok etgani ta’kidlandi.

🤝 Shuningdek, poytaxtdagi 8 ta bozor va savdo majmuasiga shartnoma asosida favqulodda vaziyatlar organlarining davlat inspektorlari biriktirilib, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ishlar tashkil etilgani ma’lum qilindi.

✅ Mazkur masalalar yuzasidan yirik bozorlar va savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, tadbirkorlar hamda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktika va nazorat tadbirlarini kuchaytirish muhimligiga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1