Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Sessiya muhokamasi
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR QAYD ETILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
5-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

5-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududidagi 5-sonli maktabda bo‘ldi.

💬 Tashrif davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan mas’ullar va maktab ma’muriyati bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud sharoitlar, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar hamda ularning oldini olish choralari muhokama qilindi.

📌 Muloqot yakunida ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va zarur tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🏫 Deputatlarning ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni joyida o‘rganishi va mas’ullar bilan bevosita muloqot qilishi mavsumiy muammolarning oldini olish hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.