Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Sessiya muhokamasi
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR QAYD ETILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Namangan shahar 3-son texnikumi faoliyati o‘rganildi

Namangan shahar 3-son texnikumi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov tomonidan Namangan shahar 3-son texnikumi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida texnikumda ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, moddiy-texnik baza, amaliy mashg‘ulotlar uchun mavjud imkoniyatlar hamda muassasaning umumiy faoliyati bilan tanishildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalar, xususan, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga qaratilgan yo‘nalishlar asosida amalga oshirildi.

Shuningdek, Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida kasbiy ta’lim sohasiga oid qonunchilik talablari ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni,
O‘RQ-637-son, 2020-yil
23-sentabr, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni,
O‘RQ-406-son, 2016-yil
14-sentabr, shuningdek, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni,
O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr talablari asosida tegishli yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim oluvchilarning zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallashi, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda kelgusida bandligini ta’minlash uchun yaratilgan imkoniyatlar muhokama qilindi. Mavjud
shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va aniqlangan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar belgilab olindi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi
📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram1918:34 

Slide 1 of 3