Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Sessiya muhokamasi
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR QAYD ETILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
#Chinoz_tumani Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi



📝 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga "Ekologiya" partiyasidan 7-Chinoz saylov okrugidan saylangan deputat M.Mamatqulovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan Kengashning tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq tumandagi "Markaziy" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mahalla xotin-qizlar faoli Shahnoza Bektoyeva tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

♻️O‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

❇️Shuningdek, "mahallabay" tizimi asosida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

✅O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3