35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘KCHA-OQTEPA MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YO‘LLARDA XAVFSIZLIK — AHOLI TINCHLIGI: MUAMMOLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
KO‘KCHA OQTEPA MAHALLASIDA MUAMMOLAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN: SHARQ GULI MAHALLASIDA ELEKTR VA GAZ TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBOD MAHALLA DASTURI: YAKUNLANMAY QOLGAN ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA LIFT MUAMMOSI: DEPUTATLAR NAZORATIDA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MUAMMO ANIQLANDI VA BIR KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTIDA BARQARORLIK: MAHALLALARDA AMALIY ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
PF–116-SON FARMONI IJROSI YUZASIDAN BODOMZOR MAHALLASIDA TUSHUNTIRISH SUHBATI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini aholi va mahalla faollariga yetkazish maqsadida Yunusobod tumanining Bodomzor mahallasida tushuntirish va targ‘ibot suhbati tashkil etildi.

📝Suhbat davomida mazkur Farmonda belgilangan vazifalar, xususan, mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, jamoatchilik boshqaruvi va nazoratini kuchaytirish, mahallalar faoliyatini raqamlashtirish, aholi bilan manzilli ishlash hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

✅Shuningdek, Farmon ijrosini ta’minlash doirasida mahallalarda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, davlat organlari va mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌Suhbat yakunida Farmonda belgilangan topshiriqlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida olib borilishi ta’kidlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4