#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "6-Xondamir" saylov okrugi deputati Azizov Kamolitdin Tulyaganovich tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida okrug hududida joylashgan 186-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish olib borildi.
🫥 O‘rganish davomida muassasaning qozonxonasi holati, issiqlik ta’minoti tizimining mavsumga tayyorgarligi hamda uni yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
💼 Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Kuziyeva hamda tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.
📝 Jarayonda mavjud holat yuzasidan mas’ul mutaxassislar bilan muloqot qilinib, kuz-qish mavsumida muassasani uzluksiz va sifatli issiqlik bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.