35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN: SHARQ GULI MAHALLASIDA ELEKTR VA GAZ TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBOD MAHALLA DASTURI: YAKUNLANMAY QOLGAN ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA LIFT MUAMMOSI: DEPUTATLAR NAZORATIDA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MUAMMO ANIQLANDI VA BIR KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTIDA BARQARORLIK: MAHALLALARDA AMALIY ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
AHOLINI BARQAROR ENERGIYA BILAN TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
NAYMAN MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARDA YASHOVCHI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARI: AHOLIGA KAFOLATLI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan o‘zi saylangan hudud “Nevich” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida “Nevich” MFY hokim yordamchisi A.Anorov bilan birgalikda mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Jumladan, fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromadlarini oshirish maqsadida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli va manzilli yo‘naltirilishi, ulardan samarali foydalanish holati hamda kredit asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligi o‘rganildi.Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida fuqarolarga issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar bevosita xonadonlarga chiqib ko‘zdan kechirildi. Kredit mablag‘larining belgilangan maqsadlarda foydalanilgani, issiqxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda loyihalarning amaliy samaradorligi tahlil qilindi.O‘rganish natijasida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilayotgani, fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani va amalga oshirilgan loyihalar o‘z yo‘nalishida samarali faoliyat yuritayotgani aniqlandi.Shu bilan birga, bunday loyihalarni izchil davom ettirish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish hamda mahalladagi kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi bilan bevosita muloqot qilish, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligini baholash hamda fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 8