35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN: SHARQ GULI MAHALLASIDA ELEKTR VA GAZ TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBOD MAHALLA DASTURI: YAKUNLANMAY QOLGAN ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA LIFT MUAMMOSI: DEPUTATLAR NAZORATIDA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MUAMMO ANIQLANDI VA BIR KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTIDA BARQARORLIK: MAHALLALARDA AMALIY ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
AHOLINI BARQAROR ENERGIYA BILAN TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
NAYMAN MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARDA YASHOVCHI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARI: AHOLIGA KAFOLATLI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#deputat_faoliyati
#Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_masala

"Qaldirg‘och" mahallasida mahallabay ishlash tizimi, mahalla raisi hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi tanqidiy-tahliliy o‘rganildi

Aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli nazorat-tahlil ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu asosda Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 16-"Qaldirg‘och" saylov okrugidan saylangan deputat D. Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Qaldirg‘och" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining xizmat faoliyati, hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlari, "Mahalla yettiligi" a’zolarining o‘zaro hamkorligi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishidagi amaliy faoliyati tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

O‘rganishda asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:

Mahalla "yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish
Mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori hamda ijtimoiy xodimning o‘zaro hamkorligi, ularning faoliyatini mahalla raisi tomonidan samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish darajasi tahlil qilindi.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash
Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, murojaatlarning takrorlanish sabablarini tahlil qilish hamda xonadonbay yurish orqali aholi muammolarini joyida hal etish ishlari o‘rganildi.
Ta’kidlanganidek, har bir murojaat ortida inson manfaatlari va taqdiri mujassam bo‘lib, ularni o‘z vaqtida va sifatli hal etish davlat organlarining eng muhim vazifalaridan biridir.

Ijtimoiy himoya va "daftarlar" bilan ishlash
"Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, manzilli yordamlarning shaffofligi hamda ijtimoiy xizmatlarning sifati alohida tahlil qilindi.

Hokim yordamchisi faoliyati
Hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiya dasturlaridan samarali foydalanish, investitsiya hamda daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlar yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Ijro intizomi va hujjatlar yuritilishi
Mahalla fuqarolar yig‘ini qarorlari, tuman Kengashi va hokimlik tomonidan qabul qilingan hujjatlar ijrosi, topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda ish yuritish hujjatlarining amaldagi me’yoriy talablarga muvofiq yuritilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2