35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN: SHARQ GULI MAHALLASIDA ELEKTR VA GAZ TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBOD MAHALLA DASTURI: YAKUNLANMAY QOLGAN ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA LIFT MUAMMOSI: DEPUTATLAR NAZORATIDA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MUAMMO ANIQLANDI VA BIR KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTIDA BARQARORLIK: MAHALLALARDA AMALIY ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
AHOLINI BARQAROR ENERGIYA BILAN TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
NAYMAN MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARDA YASHOVCHI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARI: AHOLIGA KAFOLATLI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘zi saylangan
okrug hududidagi “Bo‘ston” OSHPda o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan ambulatoriya xizmatlari, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda sanitariya-tozalik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, o‘rganish davomida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi,xususan, Qonunning 29-moddasida belgilangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining aholiga qulay va bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishning asosiy turi sifatidagi amaliy ijrosi tahlil qilindi.Qonun ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlariga bir qator
savollar berilib, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami o‘z vaqtida va bepul ko‘rsatilayotgani, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanishida muammolar mavjud yoki mavjud emasligi hamda bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan fikr-mulohazalar olindi.Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyati, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va takliflari tinglandi.Muloqot davomida aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, dori vositalaridan oqilona va samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur yo‘nalishda aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifati va samaradorligini oshirish hamda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning ijrosini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 7