35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN: SHARQ GULI MAHALLASIDA ELEKTR VA GAZ TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBOD MAHALLA DASTURI: YAKUNLANMAY QOLGAN ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA LIFT MUAMMOSI: DEPUTATLAR NAZORATIDA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MUAMMO ANIQLANDI VA BIR KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTIDA BARQARORLIK: MAHALLALARDA AMALIY ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
AHOLINI BARQAROR ENERGIYA BILAN TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
NAYMAN MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARDA YASHOVCHI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARI: AHOLIGA KAFOLATLI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI
Deputat Nigora Eshmetova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏫 Deputat Nigora Eshmetova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida Yunusobod tumanidagi 424-sonli hamda 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim sifati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida muassasalarning bino-inshootlari, guruh xonalari, oshxona, bolalar maydonchalari, xavfsizlik talablari hamda pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik holati atroflicha tahlil qilindi.

✅ 424-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida muassasaning umumiy moddiy-texnik holati hamda oshxonasi talab darajasida ekani qayd etildi. Shu bilan birga, bolalarning ochiq havoda xavfsiz va qulay dam olishi uchun mo‘ljallangan besedkalarni zamonaviy talablar asosida yangilash zarurligi aniqlandi. Mazkur masala muassasa rahbariyati hamda ota-onalar tomonidan ham ko‘tarildi.

🔺 Shuningdek, ushbu muassasada tarbiyachilar yetishmovchiligi mavjudligi, buning asosiy sabablaridan biri sifatida soha xodimlarining ish haqi miqdori pastligi qayd etildi.

💡 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yaqinda kapital ta’mirdan chiqarilgani, bolalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani e’tirof etildi. Biroq, muassasada bo‘sh ish o‘rinlari ko‘pligi, mutaxassislar oqimi va kadrlar qo‘nimsizligi ta’lim jarayonining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘ldi.

📉 O‘rganish yakunlari bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan qator amaliy takliflar ilgari surildi. Jumladan, 424-sonli DMTT hududidagi besedkalarni yangilash ishlarini tumanning manzilli dasturiga kiritish, har ikki muassasadagi kadrlar yetishmovchiligini bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari orqali malakali mutaxassislarni jalb etish hisobiga bartaraf etish hamda xodimlarning sohada uzoq muddat faoliyat yuritishini rag‘batlantirish maqsadida qonunchilik doirasida imtiyozli jamg‘armalar va boshqa manbalar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

🤝 Deputat ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy sharoit yaratish, pedagog kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish mahalliy Kengash deputatlarining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidlab, ko‘tarilgan masalalar ijrosini deputatlik nazoratiga olishini ma’lum qildi.

🗣 Bunday joyiga chiqib o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda bolajonlar uchun yanada qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10