35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN: SHARQ GULI MAHALLASIDA ELEKTR VA GAZ TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBOD MAHALLA DASTURI: YAKUNLANMAY QOLGAN ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA LIFT MUAMMOSI: DEPUTATLAR NAZORATIDA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MUAMMO ANIQLANDI VA BIR KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTIDA BARQARORLIK: MAHALLALARDA AMALIY ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
AHOLINI BARQAROR ENERGIYA BILAN TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
NAYMAN MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARDA YASHOVCHI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARI: AHOLIGA KAFOLATLI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: DEPUTAT NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Alisher Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat I. Jalilovaning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan Alisher Navoiy MFY hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashiga Alisher Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat I. Jalilovaning saylov okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar tomonidan Alisher Navoiy MFY hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar deputatning muammolarni qayd etish daftariga belgilangan tartibda qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga yuborish uchun rasmiylashtirildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan savolnoma o‘tkazildi hamda mahalladagi yoshlar bilan ishlash holati, mavjud muammolar va ehtiyojlar o‘rganildi.

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNI O‘RGANISH BO‘YICHA SAVOLNOMA
Hududda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday amaliy loyihalar amalga oshirilgan?

Yoshlarning davlat boshqaruvida ishtirokini oshirish yuzasidan qanday ishlar tashkil etilgan?

Yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgan?

Yoshlar muammolarini aniqlash va monitoring qilish tizimi qay darajada yo‘lga qo‘yilgan?

Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik va fuqarolik tuyg‘ularini shakllantirish bo‘yicha qanday tadbirlar o‘tkazilgan?

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar (nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan) bilan ishlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgan?

Yoshlarni zararli oqimlar va salbiy ta’sirlardan himoya qilish yuzasidan qanday profilaktik ishlar olib borilgan?

Yoshlarning murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish mexanizmlari qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Hududda yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha qanday aniq natijalarga erishilgan?

Yoshlarga oid davlat dasturlarining ijrosi va samaradorligi qanday baholanmoqda?

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 3