Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining deputatlari tomonidan "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" munosabati bilan fuqaro xonadonlarida targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida xonadon va ko‘chalar ozodaligini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.