35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘KSAROY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘RKAMOBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA OBODONLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
TAQACHI MAHALLASIDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHALARINI YANGILASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR OLDIDAGI NAVBATDAGI AXBOROTI ESHITILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MAHALLA MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputatlik so'roviga javob olindi
янв.21
SHIRIN MAHALLASIDA YANGI MAHALLA IDORASI QURILISHI BILAN TANISHILDI
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "10-Oqmasjid" saylov okrugi deputati Abdullayev Farxod Ravshanovich tomonidan O'zbekiston mahallalar uyushmasining Uchtepa tumani bo'limi boshlig‘i Laziz Yusupovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Mazkur deputatlik so'rovida Quyidarxon mahallasining Taqachi ko‘chasida joylashgan sport maydoni holati o‘rganilganda, mazkur sport inshooti kapital ta’mirga muhtoj ekani aniqlanganligi qayd etilgan.

📂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yoshlarni sportga keng jalb etish va mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi bildirilgan.

📈 Shu munosabat bilan Taqachi ko‘chasidagi sport maydonini joyiga chiqib o‘rganish, uni kapital ta’mirlash va foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaratish, ko‘rib chiqish natijalari hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ravishda asoslantirilgan javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1