Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan Achchiqko‘l mahallasi hududida barpo etilayotgan futbol maydonida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida sport inshootida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ma’lum qilinishicha, hududda yer tekislash, drenaj va obodonlashtirish ishlari yakunlanib, futbol maydoni sun’iy chim qoplamasini yotqizishga to‘liq tayyor holatga keltirilgan.
Mazkur sport maydoni foydalanishga topshirilgach, mahalla yoshlari va sport ixlosmandlari uchun jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish uchun qulay sharoit yaratilishi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanilib, sun’iy chim qoplamasini yotqizish hamda obyektni qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi