35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCHTEPA TUMANIDA NAVBATDAGI QABUL BO'LIB O'TDI
янв.21
KO‘KSAROY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘RKAMOBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA OBODONLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
TAQACHI MAHALLASIDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHALARINI YANGILASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR OLDIDAGI NAVBATDAGI AXBOROTI ESHITILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MAHALLA MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputatlik so'roviga javob olindi
Deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan masala nazoratga olindi

Deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan masala nazoratga olindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan “Bunyodkor” MFY hududida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tegishli tashkilot tomonidan yozma javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida mahalla hududida elektr kuchlanishining pastligini bartaraf etish maqsadida yangi elektr tarmog‘i tortilgani, transformatorni o‘rnatish uchun zarur tayyorgarlik ishlari yakunlangani, biroq transformator belgilangan joyga o‘rnatilmagani sababli yangi tarmoq foydalanishga topshirilmayotgani qayd etilgan. Natijada fuqarolar elektr energiyasidan uzilib qolmaslik uchun o‘z mablag‘lari hisobidan uzoq masofadagi elektr tarmoqlaridan uylariga sim tortishga majbur bo‘layotgani ta’kidlangan.

Tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan taqdim etilgan javobda Prezidentning 2024-yil 23-sentabrdagi PQ–330-son qarori asosida hududda elektr infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berilgan. Xususan, transformatorlarni almashtirish, yangi tayanchlar o‘rnatish hamda elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Biroq, taqdim etilgan javobda deputatlik so‘rovining asosiy mazmuni hisoblangan tayyor holatdagi transformatorni belgilangan joyga ko‘chirib o‘rnatish va yangi elektr tarmog‘ini ishga tushirish masalasiga aniq yechim berilmagan. Shu sababli hudud aholisi duch kelayotgan muammo amalda o‘z yechimini topmagan.

Mazkur holatni inobatga olib, masalani amaliy hal etish hamda transformatorni belgilangan joyga o‘rnatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida ushbu masala Termiz tuman hokimi muhokamasiga kiritish uchun taqdim etiladi.

Deputatlik so‘rovi ijrosi va mazkur masalaning yakuniy yechimi Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi tomonidan nazoratda saqlanadi.

Slide 1 of 2