35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCHTEPA TUMANIDA NAVBATDAGI QABUL BO'LIB O'TDI
янв.21
KO‘KSAROY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘RKAMOBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA OBODONLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
TAQACHI MAHALLASIDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHALARINI YANGILASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR OLDIDAGI NAVBATDAGI AXBOROTI ESHITILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MAHALLA MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputatlik so'roviga javob olindi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Kengash kotibiyati mudirining kunlik ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi Erkinjon Jo‘rayev, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 25-Qaldirg‘och saylov okrugidan saylangan deputati Pardayev Alisher Ochilovich hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida Bandixon tumanining "Quduqsoy" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish hamda bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan loyiha talablari asosida amalga oshirilayotganini joyiga chiqib tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

Nazorat tadbiri davomida Quduqsoy mahallasining Kanal usti ko‘chasida 3,5 kilometr masofada amalga oshirilgan asfalt qoplamasi yotqizish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan yo‘lning texnik holati, asfalt qoplamasining sifati, bajarilgan ishlarning belgilangan me’yor va standartlarga muvofiqligi hamda qurilish jarayonida qo‘llanilgan texnologiyalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan yo‘l qurilishi jarayonining har bir bosqichi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillarining axborotlari tinglanib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz transport infratuzilmasini yaratish, yo‘llarning uzoq muddat xizmat qilishi hamda bunyodkorlik ishlari sifatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, deputatlik nazorati davlat dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan tizimli nazoratni davom ettirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholining manfaatlarini ta’minlash deputatlarning ustuvor vazifalaridan biri ekanligi qayd etildi.

Yakunda mas’ullarga yo‘l qurilishining sifati va mustahkamligini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarida belgilangan me’yor va talablarning to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholi farovonligini ta’minlash va infratuzilmani yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim amaliy mexanizmlardan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2