Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bekobod mahallasida “yettilik” faoliyati va hudud masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xondamir mahallasida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Bog'obod mahallasi hududidagi tungi yoritish chirog'i va ustuni o'rnatildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz birinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
PQ–209 ijrosi doirasida Qoryog‘di mahallasida “mahalla yettiligi” bilan muhokama o‘tkazildi
янв.21
Mahallada videokuzatuv tizimini kengaytirish
янв.21
Deputat mahallada ijtimoiy himoya masalalarini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Qoryog‘di mahallasidagi infratuzilma va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganildi
Uy-joy ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-22-42-11-166-K/26-sonli qarori asosida uy-joy ta’miri belgilangan xonadonlarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati vakillari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdilar.

Ishchi guruh tomonidan To‘laboy mahalla fuqarolar yig‘ini, Shoh ko‘chasi 49-uyda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Monitoring davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, ishlarning belgilangan loyiha asosida amalga oshirilishi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarini yuqori sifatda tashkil etish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalari mas’ullar bilan muhokama qilindi.

Mazkur qaror ijrosi hamda ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida bo‘lib, monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6