Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasidagi yer osti yong'in suv gidrantlari holati o'rganildi
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Beshqayragʻoch mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasida deputatlik nazorati doirasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Xojiobod mahallasida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
#deputat_so'rovi_ijrosi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati N. Akramovaning deputatlik so‘roviga “Samarqand suv ta’minoti” AJ Toyloq tumani filiali boshlig‘i A. Shukurov tomonidan javob xati taqdim etildi.

Javob xatida “Uzunqishloq” mahallasida istiqomat qiluvchi 250 ta xonadonning toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati atroflicha o‘rganib chiqilgani ma’lum qilingan.

O‘rganishlar davomida mazkur hududda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi rahbarining Toyloq tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar asosida “Uzunqishloq” mahallasi Po‘lotchi qishlog‘ida:
🔹 1 dona ichimlik suv inshooti qurish;
🔹 4 kilometr ichimlik suv tarmog‘i tortish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgani bildirildi.

Shuningdek, mazkur loyiha bo‘yicha qurilish ishlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash jarayonlari olib borilayotgani qayd etilgan.

Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook