Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasidagi yer osti yong'in suv gidrantlari holati o'rganildi
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Beshqayragʻoch mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasida deputatlik nazorati doirasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Xojiobod mahallasida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Bekniyazov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan “Shamchiroq” MFYga biriktirilgan soliq inspektori faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida soliq inspektori B.Dosmanov tomonidan mahallada soliq tushumlarini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni aniqlash va zarur amaliy yordam ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, budjet tushumlarini oshirish hamda soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1