Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasidagi yer osti yong'in suv gidrantlari holati o'rganildi
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Beshqayragʻoch mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasida deputatlik nazorati doirasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Xojiobod mahallasida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining muhim omili!

Bugun Sardoba tumani hokimi deputati Ziyadulla Karimov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida Do‘stlik mahallasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Unda tuman prokurori Ravshanbek Norbayev hamda mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglandi.
Qabul davomida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal, moddiy yordam, bandlik, yer va kadastr hamda tibbiy xizmat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Ta’kidlanganidek, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardini tinglash va muammolariga amaliy yechim topish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3